Shrift o'lchami Rang Rasm

Saylovchilarga

Nomzodlarga

Kuzatuvchilarga

OАV

Saylov komissiyalari aʼzolariga

Xizmatlar

O'quv qo'llanmalar




Hozir saytda 2 nafar foydalanuvchi

SAYLOV

×

 2021-08-09 10:17:11    263

PDF yuklash
Chop etish


Saylov — ovoz berish orqali davlat organlari, mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlari va boshqa tuzilmalarni tashkil etish vositasi. 

t.me/SaylovFergana

Fuqarolarning o’z saylov huquqini amalga oshirishi — ularning davlatni boshqarishda ishtirok etishining eng muhim shakllaridan biri. Saylov o’tkazish tartibi va qoidalari, odatda, qar bir davlatning konstitutsiyasi va boshqa konstitutsiyaviy huquqiy hujjatlarda belgilanadi.

 Saylovlar turli ko’rinishda bo’lishi mumkin. Unda aholi qatnashishi yoki ularning vakillarigina ishtirok etishi mumkin. Saylov ochiq yoki yashirin ovoz berish yo’li bilan o’tkaziladi.

Qaysi organ saylanayotganligiga qarab parlamentga yoki prezidentlikka Saylovlar parlamentning umumiy yoki bir qismi uchun Saylov o’tkazilishiga qarab yalpi yoki qisman  bo’lishi mumkin.

Hududiga qarab umumdavlat yoki mahalliy; o’tkazilish vaqtiga qarab navbatdagi yoki muddatdan oldingi; bir partiyali, ko’p partiyali yoki partiyasiz; muqobillik asosida va nomuqobil (agar yagona nomzod ko’rsatilsa); to’g’ri yoki ko’p bosqichli; asosiy yoki qo’shimcha o’tkazilishi mumkin.

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga binoan, mamlakat Prezident saylovi, O’zR Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda — dekabr oyi 3-o’n kunligining 1-yakshanbasida o’tkaziladi.

Saylovlar umumiy, teng, to’g’ridanto’g’ri saylash huquqi asosida yashirin ovoz berish yo’li bilan o’tkaziladi.

Saylovlarning statistik tahlili bilan shug’ullanuvchi fan psefologiya deyiladi.

Demokratya bu teng huquqli insonlar guruhidir, shunday ekan har bir saylovchining saylovda qatnashishi ham, ularga ovoz berish yoki bermaslik ham teng huquqli va ixtiyoriydir.

Mamlakatimizda Prezident saylovi, hokimiyatning vakillik organlari saylovi umumiy, teng, to’g’ridan-to’g’ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo’li bilan o’tkaziladi. O’zbekiston Respublikasining 18 yoshga to’lgan fuqarolari saylash huquqiga ega.

Telegram: t.me/SaylovFergana