Shrift o'lchami Rang Rasm

Saylovchilarga

Nomzodlarga

Kuzatuvchilarga

OАV

Saylov komissiyalari aʼzolariga

Xizmatlar

O'quv qo'llanmalar




Hozir saytda 0 nafar foydalanuvchi

XALQARO SAYLOVLARNING O’ZIGA XOSLIGI: QOZOG’ISTON RESPUBLIKASI DAVLAT TUZUMI VA SAYLOV QONUNCHILIGI

×

 2021-07-02 15:29:28    233

PDF yuklash
Chop etish


Qozog’iston yoki Qozog’iston Respublikasi (qozoqcha: Qazaqstan, Qazaqstan, Qazaqstan Respublikasы, Qazaqstan Respublikasi) – O’rta Osiyoda joylashgan mamlakat. 

Ushbu davlat ma'muriy jihatdan 14 viloyat, viloyatlar esa audan (tuman) larga bo’linadi. Poytaxti – Nur-Sulton shahri. BMT a'zosi. Qozog’istonning eng yirik megapolis shaharlari Olmota, Nur-Sulton, Chimkent shaharlari hisoblanadi. Qarag’andi va Aqto’be shaxarlari ham yirikroq shaxarlar sirasiga kiradi. Qozog’iston yer maydoni bo’yicha (2 million 724,9 ming km²) jahonda 9-o’rinda turadi. Beshta davlat bilan chegaradosh,

Qozog’iston – boshqaruvning prezidentlik shaklidagi unitar davlat. Amaldagi konstitutsiyasi 1995-yil 30-avgustdagi referendumda qabul qilingan; 1998-yil 7-oktyabrda o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilgan.

Davlat boshlig’i – prezident (2019-yil apreldan Qosim-Jo’mart Toqayev), u umumiy, teng va to’g’ridan-to’g’ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo’li bilan 5 yil muddatga saylanadi. qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 palatali parlament (Senat va Majlis), ijroiya hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.

Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushma birlashmalari:

1.    Qozog’iston agrar partiyasi, 1999-yil yanvarda tuzilgan.

2.    Fuqarolik partiyasi, 1998-yil noyabrda asos solingan.

3.    Qozog’iston demokratik partiyasi, 2004-yil aprelda tashkil etilgan.

4.    Aq jol (Oq yo’l) demokratik partiyasi, 2002-yil martda tuzilgan.

5.    Qozog’iston „Aul“ („Qishloq“) sotsial-demokratik partiyasi, 2000-yil yanvarda asos solingan.

6.    Xalq kommunistik partiyasi, 2004-yil aprelda tashkil etilgan.

7.    Qozog’iston kommunistik partiyasi, 1991-yil tuzilgan.

8.    „Qozog’istonning demokratik tanlovi“ xalqpartiyasi, 2001-yil noyabrda asos solingan.

9.    Qozog’iston vatanparvarlar partiyasi, 2000-yil tashkil etilgan.

10.   Respublika „NurO’tan“ („NurVatan“) siyosiy partiyasi, 1999-yil yanvarda asos solingan.

11.   „Ruhoniyat“ partiyasi, 2003-yil aprelda tuzilgan.

12.   Qozog’iston erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, 1991-yil avgustda tuzilgan.

13.   Qozog’iston mehnat konfederatsiyasi, 2004-yil 2-martda tashkil etilgan, 1990-yil oktyabrda asos solingan.

2021 yil 10 yanvar kuni proportsional saylov tizimi orqali siyosiy partiyalar taqdim etgan ro’yxat bo’yicha saylanuvchi Qozog’iston Respublikasi Parlamenti Majlisi deputatlarining navbatdagi saylovlari bo’lib o’tdi. Qozog’iston Xalq Assambleyasi tomonidan saylanadigan Parlament deputatlarining navbatdagi saylovlari joriy yilning 11 yanvarida  o’tkazilgan.

Qozog’iston Respublikasida qonun chiqaruvchi hokimiyatni ikki palatali parlament amalga oshiradi. Parlamentning yuqori palatasi Senat – 47 nafar deputatdan hamda quyi palata Majlis 107 nafar deputatdan iborat. Parlament quyi palatasining 98 nafar deputatini saylash proportsional saylov tizimi orqali siyosiy partiyalar taqdim etgan ro’yxatlari bo’yicha amalga oshiriladi. Qozog’iston Xalq Assambleyasi (prezident huzuridagi maslahat va maslahat organi) tomonidan 9 nafar deputat saylanadi.

Hozirgi kunda Qozog’iston Respublikasi Parlamenti Majlisida uchta siyosiy partiya - " Nur Otan " (81 deputat), "Xalq kommunistlari" va "Ak jol " (har biri yetti nafardan) mavjud.

Qozog’iston Respublikasida joriy yil bo’lib o’tgan navbatdagi saylovlarda ishtirok etish uchun oltita siyosiy partiya ro’yxatdan o’tkazilgan.

1. " Nur Otan" siyosiy partiyasi.

2. "Ak jol" demokratik partiyasi.

3. Qozog’iston Kommunistik xalq partiyasi.

4. " Auыl" xalq demokratik partiyasi.

5. " Birlik" partiyasi.

6. Umummilliy sotsial-demokratik partiya.

Telegram: https://t.me/SaylovFergana