Shrift o'lchami Rang Rasm

Saylovchilarga

Nomzodlarga

Kuzatuvchilarga

OАV

Saylov komissiyalari aʼzolariga

Xizmatlar

O'quv qo'llanmalar




Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi

XALQARO SAYLOVLARNING O’ZIGA XOSLIGI: TURKIYA DAVLAT TUZUMI VA SAYLOV QONUNCHILIGI

×

 2021-07-01 15:03:50    133

PDF yuklash
Chop etish


Turkiya (turkcha: Türkiye), Turkiya Respublikasi (turkcha: Türkiye Cumhuriyeti) - Osiyoning g’arbiy qismi va YEvropaning janubiy qismida. Turkiyaning poytaxti - Anqara shahri. Davlat tili - Turk tili. Maydoni — 783,562 km². Aholi soni (2019 yilda) — 83.154.997. Pul birligi — lira. Turkiya Respublikasi 81 ta viloyatlardan iborat.

Turkiya — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1982 yilda qabul qilingan (bir necha marta tuzatish va qo’shimchalar kiritilgan). Davlat boshlig’i — prezident (2000 yildan Axmet Nejdet Sezer), u Buyuk Millat Majlisi tomonidan yashirin ovoz berish yo’li bilan 7 yil muddatga saylanadi va yana 1 marta saylanishi mumkin.

 Qonun chiqaruvchi oliy parlament — Turkiya Buyuk Millat Majlisi. Oliy ijroiya hokimiyati xukumat bo’lib, uni Bosh vazir (Bosh boqon) boshqaradi. Bosh vazirni prezident deputatlar orasidan tayinlaydi.

Hududining 97% Kichik Osiyo yarim orol (Anadolu) da, 3% YEvropa (Sharqiy Frakiya)da. Shimolidan Qora dengiz, g’arbdan Egey dengizi, janubdan O’rta dengiz bilan o’ralgan. Egey dengizidagi bir qancha orol ham Turkiyaga qarashli.

 Turkiya – unitar davlat bo’lib, ma'muriy jihatdan 81 el (viloyat)ga, ellar elchalarga bo’linadi.

Konstitutsiyaga muvofiq Turkiya Respublikasi demokratik, dunyoviy va ijtimoiy-huquqiy davlat hisoblanadi.

Turkiya boshqarish shakliga ko’ra – alohida turdagi aralash (prezident-parlament) respublika. Siyosiy rejimi – rivojlanayotgan demokratiya. 1991 yilda Turkiya kommunistik partiyasini taqiqlash bekor qilingan (1920 yildan beri mavjud bo’lgan).

Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari

Adolat va rivojlanish partiyasi, 2001 yil tuzilgan; Ona vatan partiyasi, 1983 yil tashkil etilgan; Jumhuriyat xalq partiyasi, 1923 yil asos solingan; To’g’ri yo’l partiyasi, 1983 yil tuzilgan; Milliyotchi harakat partiyasi, 1983 yil kayta tashkil etilgan; Demokratik so’l partiya, 1985 yil asos solingan; Demokratik partiya, 1994 yil tuzilgan; Buyuk Birlik partiyasi, 1993 yil asos solingan; Demokratik Turkiya partiyasi, 1997 yil tashkil etilgan. Turkiya Ishchi kasaba uyushmalari konfederatsiyasi ("TurkIsh"), 1952 yil tashkil etilgan; Turkiya Inqilobiy ishchilar kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, 1967 yil "Tur.kIsh"dan ba'zi uyushmalarning ajralishi natijasida tuzilgan; Turkiya Haq ishchi kasaba uyushmalari konfederatsiyasi ("HaqIsh"), 1976 yil barpo etilgan.

2018 yilning 24 iyun kuni Turkiya Respublikasida bir vaqtning o’zida prezident va parlament saylovlari bo’lib o’tdi. Ushbu saylovlarning yakuniy natijalariga ko’ra Rejep Toyyip Erdo’g’on 52,59 foiz ovoz to’plab prezidentlikka qayta saylangan bo’lsa, u rahbarlik qilayotgan “Adolat va taraqqiyot partiyasi” 42,56 foiz ovoz bilan parlament saylovlarida yetakchilikni qo’lga kiritdi. Turkiya markaziy saylov komissiyasi ma'lumotlariga ko’ra, saylovlarda ikkinchi natijani Kamol Qilichdor o’g’li rahbarlik qilayotgan Turkiya xalq respublikasi partiyasi bo’ldi.

Turkiya O’zbekiston Respublikasining mustaqilligini tan olib, ikki davlat o’rtasida diplomatiya munosabatlari o’rnatilgan. 1992 yil aprelda Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasi, 1993 yil yanvarda esa O’zbekiston Respublikasining Anqaradagi elchixonasi o’z faoliyatini boshladi. Istanbulda esa O’zbekiston Respublikasining Bosh konsulxonasi ochilgan.

Telegram: https://t.me/SaylovFergana