Shrift o'lchami Rang Rasm

Saylovchilarga

Nomzodlarga

Kuzatuvchilarga

OАV

Saylov komissiyalari aʼzolariga

Xizmatlar

O'quv qo'llanmalar




Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi

XALQARO SAYLOVLARNING O’ZIGA XOSLIGI: XITOY XALQ RESPUBLIKASI SAYLOV QONUNCHILIGI

×

 2021-06-25 14:40:59    141

PDF yuklash
Chop etish


Xitoy Xalq Respublikasi (xitoycha Chjanxua jenmin gunxego),      XXR — Markaziy va Sharqiy Osiyoda joylashgan davlat. Dunyoda aholisi eng kup va maydoni jihatidan eng yirik davlatlardan biri.

t.me/saylovfergana

Davlat tuzumi  xalq respublikasi. Amaldagi konstitutsiyasi 1988 yil. 4 dekabrda qabul qilingan. Konstitutsiyaga ko’ra, Xalq vakillari Umumxitoy majlisi (XVUM) davlat hokimiyatining oliy organi. XVUM davlat boshlig’i — XXR raisi va uning o’rinbosarlarini saylaydi.

 Konun chiqaruvchi hokimiyat shaharlar va  qurolli kuchlar tomonidan saylanadigan deputatlardan iborat. Ular  5 yilga saylanadi. Ijroiya hokimiyatni Davlat kengashi (hukumat) amalga oshiradi. U XVUM va uning doimiy qo’mitasi oldida hisob berib turadi. Davlat kengashining vakolat muddati ham 5 yil etib belgilangan.

Xitoy – bu “xalq” respublikasidir. XXR Raisi davlatning rahbari hisoblanadi.

Xitoyda demokratiya yoki demokratik islohotlar haqida gap ketganda, odatda ko’p partiyaviylik, erkin saylovlar yoki hokimiyat almashinuvi haqida gap ketmaydi. Aksincha, qonunlarning kengayishi va hurmat qilinishi, hokimlarning fuqarolar oldida javobgarligi, suiste'molliklar, o’zboshimchalik va korruptsiyani to’xtatish uchun choralar ko’rish haqida gap boradi. Ya'ni, ko’plab xitoyliklar demokratiya va demokratik islohotlarni o’tkazish zarurati haqida gaplashganda, ular XKPning asosiy roli yo’q bo’lib ketishi va ko’p partiyali rejim o’rnatilishi kerakligini nazarda tutmaydilar.

Mamlakat konstitutsiyasiga muvofiq, XXR armiyasi hukumatga yoki Kommunistik partiyaning rahbariyatiga bo’ysunmaydi, balki maxsus organ – Markaziy harbiy kengashga bo’ysunadi. Markaziy harbiy kengash raisi esa hokimiyat ierarxiyasining muhim qismlaridan biri hisoblanadi.


Telegram: https://t.me/SaylovFergana