Shrift o'lchami Rang Rasm

Saylovchilarga

Nomzodlarga

Kuzatuvchilarga

OАV

Saylov komissiyalari aʼzolariga

Xizmatlar

O'quv qo'llanmalar




Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi

XALQARO SAYLOVLARNING O’ZIGA XOSLIGI: AMERIKA QO’SHMA SHTATLARIDA PREZIDENT SAYLOVINING TARTIBI

×

 2021-06-24 11:42:28    223

PDF yuklash
Chop etish


t.me/SaylovFergana

Amerika Qo’shma shtatlari prezidentligiga munosib nomzodlar AQShda tug’ilgan bo’lishi, 35 yoshdan katta va 14 yil mobaynida AQSh hududida istiqomat qilgan bo’lishlari kerak.
Prezidentlik muddati 4 yil. 1947 yilda Konstitutsiyaga kiritilgan o’zgartishlarga asosan, nomzod prezidentlikka faqat 2 marotaba saylanishi mumkinligi belgilangan.
Odatda saylovdan bir yil oldin prezident bo’lishni xohlovchilar ommaga prezidentlik uchun kurashmoqchi ekanliklarini e'lon qilib, saylovoldi kampaniyalariga start berishadi. Tabiiyki, prezident bo’lishni xohlaydiganlar juda ko’p. Saylov byulleteniga qo’shilish esa hammaga ham nasib etmaydi.
Buning uchun ular bir necha bosqichdan o’tishlari zarur. AQShdagi ikki yirik partiya — Respublikachilar va Demokratlar partiyasidan nomzodlarini qo’ymoqchi bo’lganlar kokuz (caucuses) va praymeriz (primaries) jarayonlaridan o’tishlariga to’g’ri keladi. Kokuz va praymerizlarni o’tkazishdan asosiy maqsad — partiya nomzodlarini tanlashda partiya yetakchilaridan ko’ra, saylovchilar qatnashuvini oshirishdir.
Buning uchun saylovda ishtirok etuvchi partiyalar ichida boshlang’ich saylovlar, ya'ni praymeriz o’tkaziladi. Praymeriz inglizcha so’z bo’lib, “boshlang’ich, dastabki saylovlar” degan ma'noni anglatadi.
Amerikada har to’rt yilda o’tkaziladigan prezidentlik saylovlari o’tadigan yilning yanvar-iyun oylarida partiyalar praymeriz o’tkazadi. Unda siyosiy partiyalardan prezidentlikka yagona nomzod tanlab olinadi. Ko’p hollarda jarayonning o’rtalarida yagona nomzodning kim bo’lishi aniqlanadi. Agarda shu davr ichida yagona nomzod aniqlanmaydigan bo’lsa, uni hal etilishini partiya oliy anjumanigacha kutishga to’g’ri keladi.

Telegram: https://t.me/SaylovFergana