Shrift o'lchami Rang Rasm

Saylovchilarga

Nomzodlarga

Kuzatuvchilarga

OАV

Saylov komissiyalari aʼzolariga

Xizmatlar

O'quv qo'llanmalar




Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi

SEMINАR-TRENINGLАR: QАTЪIY IZChILLIK VА KENG QАMROV

×

 2021-06-08 14:36:58    208

PDF yuklash
Chop etish


Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 17 may kuni boshlangan saylov komissiyalari aʼzolari va saylov jarayonining boshqa ishtirokchilarining malaka va koʼnikmasini oshirishga qaratilgan seminar-treninglar Buxoro viloyatida ham izchil davom etmoqda.
Qayd etish joizki, Saylov kodeksining 14-moddasida saylov komissiyalari faoliyatini uslubiy jihatdan taʼminlashni amalga oshirish vazifasi belgilab qoʼyilgan. Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan shu yil 27 aprelda tasdiqlangan Saylov komissiyalari aʼzolari malakasini oshirishni tashkil etish kontseptsiyasi bu boradagi ishlarni tizimli yoʼlga qoʼyishga xizmat qilmoqda. 
Seminarlarda saylov okruglari va uchastkalarini tuzish, okrug va uchastka saylov komissiyalari tarkibini shakllantirish va ularning ishini tashkil etish mexanizmlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Oʼquv jarayonlari monitoring qilinib, tinglovchilarning bilimi muntazam baholab borilmoqda.“Buxoro viloyatidagi seminar treninglarga 97 nafar hududiy trener hamda saylov jarayonining boshqa ishtirokchilari jalb etilgan, - deydi Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov. - Saylov jarayoni ishtirokchilari milliy saylov qonunchiligiga kiritilgan oʼzgartishlardan yaxshi xabardor boʼlishi va axborot texnologiyalarini amalda bemalol qoʼllay olishi kerak. Bunday keng koʼlamli targʼibot-tushuntirish ishlarini amalga oshirishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish pandemiya sharoitida, ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etadi”.
“Muddatidan oldin ovoz berishni tashkil etish, saylov kuniga tayyorgarlik”,“Saylovchilar roʼyxati bilan ishlash”,“Saylov kuni ovoz berishni tashkil qilish tartibi”,“Saylov natijalarini aniqlash va eʼlon qilish tartibi” kabi muhim mavzularda nazariy va amaliy mashgʼulotlar oʼtkazilmoqda.
Buxoro davlat universitetida tashki etilgan mazkur oʼqishlar Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yuqori saviyada tashkil etish uchun saylov komissiyalari aʼzolarining malakasini oshirishga jalb etilgan hududiy trenerlarning saylov qonunchiligi va jarayoni boʼyicha bilim hamda koʼnikmalarini oshirishga xizmat qiladi.
Mashgʼulotlar zarur jihoz va vositalar (proektor, elektron doska, kompьyuter, marker, ichimlik suvi, dizenfektsiya vositalari, dozatorlar hamda antiseptiklar) bilan toʼliq taʼminlangan auditoriyalarda olib borilmoqda.
Maʼlumki, mamlakatimiz boʼylab oʼtkazilayotgan seminar-treninglar 29 mayga qadar davom etadi. Keyingi bosqichda qamrovi yanada kengayib, tuman, shaharlarda tashkil etiladigan shunday seminarlarda uchastka saylov komissiyasi raisi, rais oʼrinbosari va kotibligiga nomzodlar uchun saylov qonunchiligidagi yangiliklar va ularni amaliyotda qoʼllash masalalari yuzasidan mashgʼulotlar oʼtkaziladi.
Markaziy saylov komissiyasi
Matbuot xizmati