Shrift o'lchami Rang Rasm

Saylovchilarga

Nomzodlarga

Kuzatuvchilarga

OАV

Saylov komissiyalari aʼzolariga

Xizmatlar

O'quv qo'llanmalar




Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi

Oliy Sud raisining birinchi o‘rinbosari viloyatda tashkil etilgan saylovga tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishmoqda

×

 2021-06-12 11:31:21    165

PDF yuklash
Chop etish


Joriy yilda bo‘lib o‘tadigan, mamlakatimiz va xalqimiz hayotidagi muhim siyosiy jarayon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga har tomonlama tayyorgarlik ko‘rish, uni ko‘tarinki ruh va umume’tirof etilgan mezonlar asosida tashkil etish maqsadida hududlarda jadal suratlarda tayyorgarlik ishlari davom ettirilmoqda.

Kecha, 5 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi o‘rinbosari Maxmudova Robaxon Anvarovna saylov jarayoniga tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishish uchun Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurdi.

Unga viloyat hokimining jamoatchilik bilan ishlash bo‘yicha maslahatchisi Yu.Kamolov hamrohlik qildi.

Shu kunning o‘zida Farg‘ona, Marg‘ilon va Quvasoy shaharlari hamda Farg‘ona va Quva tumanlarida saylov jarayoniga bog‘liq tashkil etilgan ishlar o‘rganildi.

O‘z tashrifini Farg‘ona shahrida joylashgan namunali saylov uchastkalari hamda saylovga mas’ul bo‘lgan xodimlarni o‘qitish uchun hozirlangan o‘quv xonalarida yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganishdan boshlagan Robaxon Anvarovna amalga oshirilgan ishlarni tanqidiy ko‘rib chiqib, qoniqarsiz axvoldaligini, qilinishi lozim bo‘lgan ishlar hali ham mavjud ekanligini ta’kidlab, kerakli ko‘rsatma va topshiriqlarni berib o‘tdi.

Shuningdek, Quvasoy shahar hamda Quva tumanlarida tashkil etilgan namunali saylov uchastkalari va o‘quv-mashg‘ulot jarayonlari bo‘lib o‘tadigan joylarda ham ayrim kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha kerakli ko‘rsatmalar berildi.

Oliy Sud raisi birinchi o‘rinbosarining Farg‘onaga tashrifi davom etadi. Ertaga viloyatimizning qolgan shahar va tumanlarida saylov jarayoni bilan bog‘liq ishlar bilan tanishib chiqishi rejalashtirilgan.