Shrift o'lchami Rang Rasm

Saylovchilarga

Nomzodlarga

Kuzatuvchilarga

OАV

Saylov komissiyalari aʼzolariga

Xizmatlar

O'quv qo'llanmalar




Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi vakillari delegasiyasining O‘zbekistonga tashrifiga doir

×

 2021-06-08 14:47:50    266

PDF yuklash
Chop etish


 

 2021 yilning oktyabr oyida yurtimizda o‘tkaziladigan Prezident saylovi munosabati bilan joriy yilning 24-28 may kunlari YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining Ehtiyojlarni baholash missiyasi ekspertlarining O‘zbekistonga tashrifi kutilmoqda.

Ehtiyojlarni baholash missiyasi odatda muayyan saylovlar boshlanishidan bir necha oy oldin mamlakatdagi saylovoldi holatini, shu jumladan, saylovga tayyorgarlikni baholash maqsadida yuboriladi. YeXHT DIIHB tomonidan saylovni kuzatish to‘g‘risidagi qaror Missiya ishining natijasida berilgan tavsiyalarga ko‘ra qabul qilinadi. Missiya tomonidan shuningdek saylovlarni kuzatish bo‘yicha talab qilinadigan tadbirlarning turi, shakli, davomiyligi va hajmi yuzasidan ham tavsiyalar beriladi.

Tashrif doirasida Missiya ekspertlari qator vazirlik va idoralar, siyosiy partiyalar, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashishi rejalashtirgan.

Markaziy saylov komissiyasi
matbuot xizmati