Shrift o'lchami Rang Rasm

Saylovchilarga

Nomzodlarga

Kuzatuvchilarga

OАV

Saylov komissiyalari aʼzolariga

Xizmatlar

O'quv qo'llanmalar




Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi

Seminar-treninglar: nazariya va amaliyot birligi

×

 2021-06-08 14:46:46    99

PDF yuklash
Chop etish


Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 17 maydan hududiy trenerlar va saylov tashkilotchilarining bilimi va amaliy ko‘nikmasini oshirishga qaratilgan seminar-treninglar izchil va tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Davlat boshqaruvi akademiyasida Toshkent shahridagi 77 nafar hududiy trener hamda saylov jarayonining boshqa ishtirokchilari seminar-treninglarda ishtirok etmoqda.

Mashg‘ulotlar davomida saylov komissiyalari a’zolari “Bir saylovchi – bir ovoz” tamoyiliga qat’iy amal qilish, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va Saylov kodeksiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar, saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati va saylov jarayonini boshqarish axborot tizimidan foydalanish tartibi bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniga ega bo‘lmoqdalar.

 

Toshkent shahrida  o‘tkazilayotgan seminarlarga ham saylov huquqiga ixtisoslashgan yetakchi olimlar va ekspertlar jalb etildi.

“Seminar-treninglarga yangicha yondoshuv, shuningdek mashg‘ulotlarda interfaol vositalar va zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanilayotgani mashg‘ulotlarning sifat va samaradorligini oshirmoqda, - deydi Davlat boshqaruvi akademiyasi kafedra mudiri Xushvaqt Xayitov. -  Ishtrokchilardan okrug va uchastka saylov komissiyalari binolari hamda ovoz berish xonalarini jihozlash, saylov kuni ovoz berishni tashkil qilish, saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida jamoat tartibini ta’minlash, saylov natijalarini aniqlashdagi tartiblarni puxta bilish ta’lab etiladi. Shu bois, ularning olgan nazariy bilimi  amaliy mashg‘ulotlarda yanada mustahkamlanmoqda”.


Hududiy trenerlar va saylov tashkilotchilarining bilimi va amaliy ko‘nikmasini oshirishga qaratilgan seminar-treninglar davom etmoqda.


Markaziy saylov komissiyasi
Matbuot xizmati