Shrift o'lchami Rang Rasm

Saylovchilarga

Nomzodlarga

Kuzatuvchilarga

OАV

Saylov komissiyalari aʼzolariga

Xizmatlar

O'quv qo'llanmalar




Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi

Saylov jarayoni ishtirokchilarining malakasini oshirish: navbat keyingi bosqichga

×

 2021-06-08 14:33:41    153

PDF yuklash
Chop etish


Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 17 may kuni boshlangan saylov jarayoni ishtirokchilarining malakasini oshirishga qaratilgan seminar-treninglar izchil davom etmoqda.
Fargʼona viloyatida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʼtkazishga tayyorgarlik koʼrish boʼyicha saylov komissiyasi aʼzolari malakasini oshirish boʼyicha mashgʼulotlar Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan Saylov komissiyalari aʼzolari malakasini oshirishni tashkil etish kontseptsiyasi asosida olib borilmoqda.
Seminar-treninglarda Prezident saylovini tashkil etish va uni oʼtkazish jarayonida saylov tashkilotchilari oldida turgan vazifalar, mamlakatimiz Konstitutsiyasi va Saylov kodeksiga kiritilgan oʼzgartish va qoʼshimchalar, yurtimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar berayotgan yuksak samaralar haqida atroflicha maʼlumotlar berilmoqda.
Mashgʼulotlar interaktiv usulda tashkil etilib, ishtirokchilar bilan muloqot, oʼzaro fikr va tajriba almashish tarzida oʼtkazilmoqda. Mavzular boʼyicha savol-javoblar, test sinovlari oʼtkazilmoqda. Shuningdek, har bir mavzu boʼyicha tayyorlangan 15-20 daqiqalik videodarslar oʼquv jarayonida foydalanish uchun hududiy trenerlarga taqdim etilmoqda. Ular mazkur videoroliklarni koʼrish orqali saylovchilar roʼyxati bilan ishlash, muddatidan oldin ovoz berishni tashkil etish, ovoz berish xonalarini jihozlash, saylov kuni ovoz berishni tashkil etish va oʼtkazish, “Bir saylovchi - bir ovoz” tamoyiliga amal qilish, kuzatuvchilar bilan ishlash, saylov natijalarini hisoblab chiqish kabi nazariy bilimini amaliy mashgʼulotlarda mustahkamlab oladi.
29 mayga qadar davom etadigan seminar-treninglarda saylov qonunchiligidagi yangiliklar va ularni amaliyotda qoʼllash masalalari yuzasidan keng tushuntirish ishlari olib boriladi. Ular keyingi bosqichda tuman, shaharlarda tashkil etiladigan shunday seminarlarda saylov jarayoni ishtirokichilarini oʼqitadilar, ularga oʼz tajribasini oʼrgatadilar.
Tayyorlangan hududiy trenerlar keyin tuman va shaharlarga taqsimlanib, iyunь-sentyabrь oylarida, Markaziy saylov komissiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan reja-grafik asosida, uchastka saylov komissiyasi raisi, rais oʼrinbosari va kotibligiga nomzodlar uchun mashgʼulotlar oʼtkazadi.
“Fargʼona viloyatida roʼyxatga olingan saylovchilar soni 2,3 milliondan ortiq, - deydi Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi aʼzosi Orzigul Qozixonova. -Viloyatda jami 1203 uchastka saylov komissiyalari tuzilishi rejalashtirilgan. Hozirgacha 3609 nafar uchastka saylov komissiyasi raisi, rais oʼrinbosari va kotibligiga nomzodlar roʼyxati shakllantirildi. Shuningdek, har bir tuman-shaharlar sektorlari kesimida jami 76 namunaviy uchastka saylov komissiyasi va 152 har biri 30 kishiga moʼljallangan auditoriya xonalari tayyorlanib, oʼquv-seminar mashgʼulotlarini oʼtkazish uchun tayyor holatga keltirildi”.
 
Markaziy saylov komissiyasi
Matbuot xizmati