Shrift o'lchami Rang Rasm

Saylovchilarga

Nomzodlarga

Kuzatuvchilarga

OАV

Saylov komissiyalari aʼzolariga

Xizmatlar

O'quv qo'llanmalar




Hozir saytda 31 nafar foydalanuvchi

SAYLOV KODEKSI  -   SAYLOV HUQUQINI HIMOYA QILADI

×

 2021-08-11 11:43:03    556

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston tarixida ilk bor 2019 yil 25 iyun kuni xalqaro standartlar asosida, eng ilg’or Saylov kodeksi loyihasi ishlab chiqildi va qabul qilindi.

t.me/SaylovFergana

Mazkur kodeks tarqoq holdagi 5 ta qonun (“O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida”, “Fuqarolarning saylov huquqlari kafolatlari to’g’risida”, “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”, “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylov to’g’risida”, “O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to’g’risida”gi) va Markaziy saylov komissiyasining saylovlarni tashkil etish va o’tkazishga oid o’nlab nizom va yo’riqnomalarini yagona qonun hujjatida mujassam etdi.

Qayd etish joizki, Saylov kodeksi loyihasini tayyorlashda 50 dan ortiq ilg’or xorijiy davlatlarning tajribasi o’rganildi. Ayni paytda, xorijiy mamlakatlar saylov qonunchiligi va tajribasi tahlili shuni ko’rsatmoqdaki, bugungi kunda 40 ga yaqin davlatda, xususan, Frantsiya, Belgiya, Braziliya, Belarus va Ozarbayjon kabi davlatlarda saylov kodekslari qabul qilingan.

E'tiborli jihati shundaki, ilk bor Saylov kodeksi xalqaro ekspertizadan o’tkazildi. Xalqaro tashkilotlarning ekspertlari ishtirokida 2018 yilning 16-17 noyabr kunlari Buxoro shahrida o’tkazilgan xalqaro konferentsiyada Saylov kodeksi loyihasi yuzasidan kelib tushgan takliflar atroflicha muhokama qilingan. YEvropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo’yicha byurosi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil davlatlar hamdo’stligi, Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi, Islom hamkorlik tashkiloti, YEvropa Kengashining Venetsiya komissiyasi kabi xalqaro tashkilotlar tomonidan kodeks loyihasi o’rganilib, tavsiyalar berildi.

Shu asosda tayyorlangan Saylov kodeksi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019 yil 25 iyun kuni imzolandi va rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kirdi.

Ushbu Kodeks 18 bob, 103 moddadan iborat bo’lib, ilgari saylov qonunchiligimizda mavjud bo’lmagan yangi tartib va qoidalar bilan yanada takomillashtirilgan.

Telegram: t.me/SaylovFergana