Shrift o'lchami Rang Rasm

Saylovchilarga

Nomzodlarga

Kuzatuvchilarga

OАV

Saylov komissiyalari aʼzolariga

Xizmatlar

O'quv qo'llanmalar




Hozir saytda 1 nafar foydalanuvchi

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

×

 2021-08-06 12:03:33    1096

PDF yuklash
Chop etish


Markaziy saylov komissiyasi — O’zbekistondagi har qanday darajadagi saylovlarni tashkillashtirish va o’tkazishga mas'ul bo’lgan davlat organi.

t.me/SaylovFergana

1998-yildan e'tiboran mustaqil organ sifatida faoliyat boshlagan bo’lib, Komissiyaning vazifalari va huquqiy maqomi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, „O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to’g’risida“gi, „Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to’g’risida“gi, „O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida“gi, „O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to’g’risida“gi, „O’zbekiston Respublikasi referendumi to’g’risida“gi qonunlarda hamda „O’zbekiston Respublikasi Saylov Kodeksi“da belgilab qo’yilgan.

O’zbekiston Prezidenti saylovini, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovni, shuningdek O’zbekiston Respublikasi referendumini tashkil etish va o’tkazish uchun O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan faoliyatining asosiy printsiplari mustaqillik, qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik va adolatlilikdan iborat bo’lgan O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tuziladi.

 O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi o’z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi va o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O’zbekiston Respublikasi Saylov Kodeksiga O’zbekiston Respublikasining saylov to’g’risidagi hamda referendum to’g’risidagi qonunlariga va boshqa qonunlariga amal qiladi.

Markaziy saylov komissiyasi o’zining butun faoliyati bilan saylov tizimining demokratik printsiplarini amalga oshirishga ko’maklashishga, saylovchilarning o’z xohish-irodasini erkin bildirish imkoniyatini ta'minlashga da'vat etilgan.

O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a'zolari Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining tavsiyasi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan saylanadi.

Markaziy saylov komissiyasining Raisi komissiya a'zolari orasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasi bo’yicha komissiya majlisida saylanadi. Markaziy saylov komissiyasi Raisining o’rinbosari va komissiya kotibi komissiya a'zolari orasidan komissiyaning majlisida saylanadilar.

Markaziy saylov komissiyasining a'zosi boshqa saylov komissiyasining yoki siyosiy partiyaning a'zosi bo’lishi mumkin emas.

 Qonunda belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatligiga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a'zoligiga nomzod etib, ishonchli vakil a'zosi etib ro’yxatga olingan Markaziy saylov komissiyasining a'zosi komissiya tarkibidan chiqib ketgan deb hisoblanadi.

 Markaziy saylov komissiyasining a'zosi komissiyaning qaroriga binoan unda doimiy asosda ishlashi mumkin.


Telegram: t.me/SaylovFergana