2016 YILNING 4 DEKABR' KUNI BO’LIB O’TGAN NAVBATDAN TASHQARI UMUMXALQ PREZIDENTLIK SAYLOVI
2021-08-06 11:58:30 1732
2016-yil 2-sentyabr kuni O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimovning vafot etishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Prezident saylovi kunini belgiladi.
Saylovoldi kampaniyasiga 9-sentyabrdan ruxsat berildi. Siyosiy partiyalar tomonidan prezidentlikka nomzodlar 30-sentabrdan 20-oktabrgacha taqdim etildi.
Dastlabki natijalarga ko’ra, O’zbekiston Liberal Demokratik Partiyasi nomzodi Shavkat Miromonovich Mirziyoyev g’olib bo’ldi.
2016-yil 5-dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:00da O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylov natijalari e'lon qilingan.
Nomzodlar: To’plangan ovozlar
1) Shavkat Mirziyoyev: 15,906,724 (88,61 %)
2) Hotamjon Ketmonov: 669,187 (3,73 %)
3) Narimon Umarov: 619,972 (3,46 %)
4) Sarvar Otamuratov: 421,055 (2,35 %)
Yaroqli ovozlar: 17,616,938
Yaroqsiz ovozlar: 334,729
Umumiy: (87,73 %) 17,951,667
Telegram: t.me/SaylovFergana