Shrift o'lchami Rang Rasm

Saylovchilarga

Nomzodlarga

Kuzatuvchilarga

OАV

Saylov komissiyalari aʼzolariga

Xizmatlar

O'quv qo'llanmalar




Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi

XALQARO SAYLOVLARNING O’ZIGA XOSLIGI: ITALIYA RESPUBLIKASI DAVLAT TUZUMI VA SAYLOV QONUNCHILIGI

×

 2021-07-08 11:44:30    322

PDF yuklash
Chop etish


Italiya (Italia), Italiya Respublikasi (Repubblica Italiana) – YEvropaning janubida, O’rta yer dengizi havzasida joylashgan davlat. Apennin yarim oroli, Sitsiliya, Sardiniya va boshqa kichik orollarni o’z ichiga olgadi. Maydon 301,2 ming km2. Aholisi 60 mlndan ziyod. Ma'muriy jixatdan 20 ta viloyat (regione)larga bo’linadi. Poytaxti – Rim shahar.

t.me/SaylovFergana

Italiya davlat tuzumi – respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1947 yil 22 dekabrda qabul qilingan va 1948 yil 1 yanvardan kuchga kirgan.

Davlat boshligi – prezident U parlament ikkala palatasining qo’shma majlisida viloyatlar vakillari ishtirokida 7 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi organ deputatlar palatasi va senatdan iborat parlament. Ijrochi xokimiyatni Vazirlar Kengashi amalga oshiradi. Prezident Vazirlar Kengashi raisi va uning taklifiga binoan vazirlarni tayinlaydi.

Umumxalq qurolli ko’zg’oloni natijasida 1945 yil aprelda mamlakat fashistlardan ozod bo’ladi. Va 1946 yil 2 iyunda respublika deb e'lon qilinadi.

Italiya–1945 yildan BMT a'zo. 1992 yil 10 yanvarda O’zbekiston Respublikasi suverenitetini tan oldi va o’sha yil 24 martda diplomatiya munosabati o’rnatdi. Milliy bayrami – 2 iyun – Respublika e'lon qilingan kun (1946); 1977 yildan 2000 yilgacha iyunning birinchi yakshanbasida nishonlangan.

Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari.

"Olg’a, Italiya" partiyasi, 1993 yil siyosiy uyushma sifatida tuzilgan, 1996 yil partiyaga aylantirilgan; Italiya liberal partiyasi, 1848 yilda asos solingan, 1944 yilda kayta tiklangan, 1994 yil martida o’zini o’zi tugatgan va o’sha yil iyulda qayta tashkil etilgan; Italiya Xalq partiyasi, tugatilgan Xristian demokratik partiya negizida 1994 yil 18 yanvarda rasmiy ravishda tuzilgan; Kommunistok qayta qurish partiyasi, 1991 yil tashkil etilgan; Italiya respublikachilar partiyasi, 1832 yildan faoliyat ko’rsatadi; Italiya sotsial-demokratik partiyasi, Sotsialistok partiya parchalanishi natijasida 1947 yilda tuzilgan, 1966 yilda Sotsialistok partiya bilan qo’shilgan, 1969 yildan yana mustakil partiya; Italiya sotsialistlari, Italiya sosialistik partiyasining bo’linishi natijasida 1994 yil tuzilgan; Italiya sotsialistok partiyasi, 1892 yilda Italiya mehnatkashlar partiyasi nomi bilan tuzilgan. Italiya umumiy mehnat konfederatsiyasi, 1906 yilda tuzilgan; Italiya mexnatkashlari kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, 1948 yilda tashkil etilgan, Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasi a'zosi. Italiya mehnat ittifoqi, 1950 yilda tuzilgan.

Italiya – yuksak rivojlangan industrial-agrar mamlakat. Dunyoda eng rivojlangan 10 davlatning biri.

Siyosiy tuzilishi: Italiyada ijro hokimiyati prezidentga va bosh vazir boshchiligidagi hukumatga tegishlidir. Ikki palatali parlament Respublika Senati va deputatlar palatasidan tashkil topgan.

Mamlakat tarkibida 20 ta viloyat bor: Abrutstsi, Valle-d`Aosta, Bazilikata, Kalabriya, Kampaniya, Emiliya-Romanya, Friuli-Venetsiya-Djuliya, Latsio, Liguriya, Lombardiya, Marke, Molize, Umbriya, Pemont, Apuliya, Sardiniya, Sitsiliya, Toskana, Trentino-Alto-Adidje, Venetsiya.

Italiyada italyan tili davlat tili deb hisoblanadi. Ingliz va frantsuz tillari sayyohlik sohasidagi barcha joylarda tushunishadi. Nemis tilini Alp tog’lari yon bag’irlarida va Adriatikaning shimolidagi kurort hududlarida tushunishadi. Sardiniya aholisi Kataloniya shevasida so’zlashadi.

Italiyaning pul birligi – yevro.

Pullarni mehmonxonada, magazinlarda almashtirish mumkin, lekin bankda almashtirgan ma'qul. Banklarning ish vaqti: soat 8.45 dan 13.45 gacha va soat 15.00 dan 16.00 gacha. Aeroportlarda, odatda, valyuta kursi yuqoriroq, lekin almashuv punktlari tunu-kun ishlaydi.

Shoshilinch telefonlar

Karobinerlar (harbiy politsiya) – 112

Politsiya – 113

O’t o’chirish xizmati – 115

Tez yordam – 118, 113

Rim politsiyasi – 06/4686

Rimda tez yordam – 06/5510

Ayrim shaharlarning kodlari

Venetsiya – 0426, Turin – 0144, Florentsiya – 0575, Milan – 0322, Rim – 0761.


Telegram: https://t.me/SaylovFergana