Shrift o'lchami Rang Rasm

Saylovchilarga

Nomzodlarga

Kuzatuvchilarga

OАV

Saylov komissiyalari aʼzolariga

Xizmatlar

O'quv qo'llanmalar




Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi

XALQARO SAYLOVLARNING O’ZIGA XOSLIGI: QIRG’IZISTON RESPUBLIKASI DAVLAT TUZUMI VA SAYLOV QONUCHILIGI

×

 2021-07-06 15:06:16    121

PDF yuklash
Chop etish


Qirg’iziston (Qirg’izcha: Kirgizstan) Qirg’iziston Respublikasi O’rta Osiyoning shimoli-sharqida joylashgan davlat. Poytaxti — Bishkek shahri. Qirg’iziston BMTning a'zosi. Mamlakat shimolda Qozog’iston, g’arbida O’zbekiston, janubi-g’arbida Tojikiston va janubi-sharqida Xitoy Xalq Respublikasi joylashgan.

t.me/SaylovFergana

 Qirg’iziston aholisi bugungi kunda 6 million kishidan ortiq. Uning 72,6 % qirg’izlar, 14,34 % o’zbeklar, 10,65 % ruslar va 8,31 % 5% tojiklar boshqa turli millat vakillari tashkil qiladi. Umuman olganda mamlakatda 80 dan oshiq millat va elat vakillari istiqomat qiladilar.

Qirg’iziston — suveren, unitar, demokratik respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1993 yil 5 mayda qabul qilingan; 1996, 1998, 2001 va 2003 yillarda o’zgartishlar kiritilgan.

 Davlat boshlig’i — prezident Prezident Qirg’iziston saylov qonunchiligiga ko’ra umumiy teng, to’g’ri yashirin ovoz berish yo’li bilan 5 yil muddatga saylanadi. Bir shaxs ketma-ket ikki martadan ortiq prezident etib saylanishi mumkin emas.

Qonun chiqaruvchi hokimiyatni parlament — Jokorgu Kenesh, ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.

Qirg’iziston Respublikasi prezidentligiga nomzodlar 35 yoshdan kichik va 70 yoshdan katta bo’lmagan, davlat tilida gaplasha oladigan hamda 15yildan kam bo’lmagan muddatda respublika fuqarosi bo’lishi kerak.

Foydali qazilmalari neft, gaz, qo’ng’ir ko’mir va toshko’mir, oltin, temir, alyuminiy, volfram, mis, qalay, simob, qo’g’oshin-rux, surma rudalari konlari bor.

Aholisi, asosan, qirg’izlar Shuningdek, o’zbek, dungan, uygur, rus, ukrain, tatar, qozoq, tojik.  Davlat tili — qirgiz tili;  rus tiliga rasmiy til maqomi berilgan. Dindorlarning aksariyati musulmon sunniylar. Shahar aholisi 35,2 %. Yirik shaharlari: Bishkek, O’sh, Jalolobod.

 1992 yildan BMT a'zosi. Milliy bayrami — 31 avgust — Davlat mustaqilligi kuni (1991 yil).

Asosiy siyosiy partiya va kasaba uyushma birlashmalari.

1.    Qirg’iziston   agrar partiyasi, 1933 yil tashkil etilgan;

2.    Qirg’iziston agrar-mehnat partiyasi, 1994 yil asos solingan;

3.     „Ar-Namis“ („Or-Nomus“) partiyasi, 1999 yil tuzilgan;

4.    Qirg’iziston xotin-qizlari demokratik partiyasi, 1994 yil ta'sis etilgan;

5.    Qirg’iziston demokratik harakati, 1993 yil. tashkil etilgan;

6.    Qirg’iziston Kommunistik partiyasi, 1999 yil asos solingan;

7.    „Mamlakatim“ harakati partiyasi, 1998 yil tashkil etilgan;

8.     „Manas-el“ („Manas xalqi“) ma'naviy tiklanish partiyasi, 1998 yiltuzilgan;

9.    Qirg’iziston kommunistlari partiyasi, 1992 yil asos solingan;

10. „Erkin Qirg’iziston“ progressiv-demokratik partiyasi, 1991 yil tuzilgan;

11. „Ata-Meken“ („Vatan“) sotsialistik partiyasi, 1992 yil ta'sis etilgan.

12. Qirg’iziston kasaba uyushmalari federatsiyasi, 1925 yil tuzilgan.

 Saylov qonunchiligiga ko’ra Saylovda g’alaba qozonish uchun Prezidentlikka nomzodlar 50 foizdan ko’proq ovoz to’plashi kerak.

Qirg’iziston Respublikasi saylov va referendumlarni o’tkazish bo’yicha Markaziy komissiyasi joriy yilning 10 yanvarida muddatidan avval o’tkaziladigan prezidentlik saylovlariga 18 nafar nomzodni ro’yxatdan o’tkazgan. Bu mustaqil mamlakat tarixidagi eng yuqori ko’rsatkichdir. 2017 yilgi prezidentlik saylovlarida esa 13 nafar nomzod ishtirok etgan edi.

Prezident saylovlari bilan bir vaqtda mamlakatdagi boshqaruv shakli bo’yicha referendum o’tkaziladi. Saylovchilar mamlakatda parlament boshqaruvi shaklini saqlab qolish, prezident shakliga o’tish yoki barcha variantlarga qarshi ovoz berishlari mumkin bo’ladi. Ayni vaqtda respublikada boshqaruvning prezident-parlament shakli amal qilmoqda.

Saylovlarda respublikaning o’zida va xorijda 3,5 mlndan ko’proq qirg’izistonlik ishtirok eta oladi. Prezident saylovlari ovoz beruvchilarning har qanday davomatida, referendum esa davomat 30 foizdan yuqoriroq bo’lganda bo’lib o’tgan deb tan olinadi. Prezident saylovlarining 1-bosqichida 50 foizdan ko’proq ovoz to’plagan nomzod g’alaba qozonishi mumkin. Aks holda saylovlarning 2-bosqichi belgilanadi. 

Prezident saylovlari natijalari 15 kun ichida, referendum natijalari esa 35 kun ichida e'lon qilinishi belgilangan.  

Telegram: https://t.me/SaylovFergana