Shrift o'lchami Rang Rasm

Saylovchilarga

Nomzodlarga

Kuzatuvchilarga

OАV

Saylov komissiyalari aʼzolariga

Xizmatlar

O'quv qo'llanmalar




Hozir saytda 22 nafar foydalanuvchi

Saylov qonunchiligi boʼyicha maxalliy trenerlar tayyorlash mashgʼulotlari yakunlandi.

×

 2021-06-12 10:54:42    379

PDF yuklash
Chop etish


Аvval xabar berganimizdek, Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021 yil 27 aprelь kungi “Saylov komissiya aʼzolarining malakasini oshirishni tashkil etish haqida”gi 1069-son qaroriga asosan, Fargʼona viloyatida mahalliy trenerlarning saylov qonunchiligi boʼyicha malakasini oshirish kurslari tashkil etilgan edi.


25 may kuni Fargʼona davlat universitetining Аxborot-resurs markazida shahar va tumanlardan tashrif buyurgan 38 nafar zaxira trenerlari uchun oʼquv mashgʼulotlari boʼlib oʼtdi. 
Ular respublikamizning nufuzli oliy oʼquv yurtlaridan tashrif buyurgan professor-oʼqituvchilar orqali bu yilgi muhim siyosiy jarayon - prezidentlik sayloviga tayyorgarlik koʼrish, uni demokratik tartib-tamoyillar hamda koʼtarinki ruh va yuqori saviyada oʼtkazish borasidagi oʼz bilim va koʼnikmalarini yanada oshirib oldilar. 


Oʼquv seminari soʼngida Fargʼona viloyat hokimining jamoatchilik masalalari boʼyicha maslahatchisi Yu.Kamolov respublikadan viloyatga biriktirilgan professor-oʼqituvchilarga oʼz minnatdorchiligini bildirib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʼlamli islohotlar mazmun-mohiyatini viloyat jamoatchiligiga yetkazish, aholining siyosiy-huquqiy koʼnikmalarini oshirishda koʼrsatgan xizmatlari uchun Fargʼona viloyati hokimining "TАShАKKURNOMА"si hamda qimmatbaho esdalik sovgʼalarini topshirdi. 


Shuningdek, oʼquv mashgʼulotlarida ishtirok etgan tinglovchilar ushbu tashkil malaka oshirish kurslari davomida siyosiy-huquqiy koʼnikmalarini yanada oshirib olganliklari hamda olgan bilimlarini keng amaliyotda ham qoʼllashlarini taʼkidlagan holda uni tashkil etganlar va dars mashgʼulotlarini olib borgan oʼqituvchilarga oʼz minnatdorchiliklarini izxor etdilar.
Joriy yilning 7 iyunь sanasidan esa, maxalliy trenerlar shahar va tumanlarda oʼn mingdan ortiq saylovga masʼul shaxslar uchun oʼquv mashgʼulotlarini olib borishadi.