Shrift o'lchami Rang Rasm

Saylovchilarga

Nomzodlarga

Kuzatuvchilarga

OАV

Saylov komissiyalari aʼzolariga

Xizmatlar

O'quv qo'llanmalar




Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi

Davlat Madxiyasi

O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi O'zbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzidir.

O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasiga zo'r ehtirom bilan qarash O'zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir.
Mutal BURHONOV musiqasi, Abdulla ORIPOV so'zi.

Serquyosh hur o'lkam, elga baxt, najot,

Sen o'zing do'stlarga yo'ldosh, mehribon!

Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,

Shuhrating porlasin toki bor jahon!

Naqorat:

Oltin bu vodiylar - jon O'zbekiston,

Ajdodlar mardona ruhi senga yor!

Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon,

Olamni mahliyo aylagan diyor!


Bag'ri keng o'zbekning o'chmas iymoni,

Erkin, yosh avlodlar senga zo'r qanot!

Istiqlol mash'ali tinchlik posboni,

Xaqsevar, ona-yurt, mangu bo'l obod!


Naqorat:

Oltin bu vodiylar - jon O'zbekiston,

Ajdodlar mardona ruhi senga yor!

Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon,

Olamni mahliyo aylagan diyor!